Oliy ta’lim o‘quv jarayonida talabalar ilmiy tadqiqot faoliyatining samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar ichida professor-o‘qituvchilar pedagogik mahoratining alohida o‘rni bor. Chunki talabada fan va mutaxassislik haqidagi ilk qarashlar professor-o‘qituvchining fanni қандай tushuntirishi asosida shakllanadi. Biz o‘tgan o‘quv yilida respublikamizning bir qator oliy ta’lim muassasalarida talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyati samaradorligini aniqlash maqsadida so‘rov o‘tkazdik. Maqolada talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etishda professor o‘qituvchilar pedagogik mahoratining ahamiyatini aniq lashga qaratilgan natijalar so‘rovnoma asosida tahlil qilingan.